2021 yilgi davlat dasturiga fuqaro taklifi bilan Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklash va turizm maskaniga aylantirish bo‘yicha alohida band kiritildi. Ushbu darvozalar XVIII asrda Toshkentni bosqinchilardan himoya qilish maqsadida uning atrofida bunyod etilgan 8−20 metrlik devor ichiga kirish vazifasini o‘tagan. Uning 12 ta kaliti ham bo‘lgan.
Prezident farmoni bilan 2021 yilgi davlat dasturi qabul qilindi. U 274 banddan iborat. Yil davomida tadbirlarni amalga oshirishga jami 29,5 trln so‘m, 2,6 mlrd dollar va 57,5 mln yevro yo‘naltiriladi.
Prezident farmoni bilan pandemiya davrida tadbirkorlarga berilgan ayrim imtiyozlar 2021 yil oxirigacha saqlab qolish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 20 mingta tadbirkorning 400 mlrd so‘m solig‘i to‘lovi kechiktiriladi. Loyiha muhokamasi 27 yanvarga qadar davom etadi.
2021-yilgi davlat dasturi loyihasidan yangi avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabini bekor qilish taklifi o‘rin olgan. Jamoatchilik bildirgan takliflarda YHXXning asosiy faoliyatini “fuqarolarga ko‘mak berish"ga yo‘naltirish maqsad qilingan. Muhokama 10 kun davom etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting